Yaponiya tashqi ishlar vaziri tashrif bilan Toshkentga keldi

Yaponiya tashqi ishlar vaziri tashrif bilan Toshkentga keldi

Maqola sanasi:29 Aprel 2022

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi bugun ikki kunlik tashrif bilan Toshkentga keldi, deb xabar bermoqda Dunyo AA muxbiri.

Poytaxt aeroportida mehmonni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov kutib oldi.

Shu yerning o‘zida qisqacha suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya delegasiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida rejalashtirilgan uchrashuvlar kun tartibidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi.

Yaponiya tashqi ishlar vazirining so‘nggi 12 yil ichida O‘zbekistonga ilk tashrifi dasturidan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish, shuningdek,  boshqa qo‘shma tadbirlar o‘rin olgan.

 

Anvar Ilyosov olgan surat ("Dunyo" AA)

Dunyo AA