YAPONIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV

YAPONIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV

Maqola sanasi:04 Sentyabr 2019

ТOSHKENT, 31 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yaponiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yoshinori Fujiyamani qabul qildi, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.
Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib ola turib, Vazir Elchini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlanganligi bilan tabrikladi, unga samarali faoliyat ko‘rsatishini tiladi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro anglashuvning yuqori darajasi, hamkorlikning joriy kun tartibi hamda xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha qarashlarning mos kelishi va yondashuvlarining yaqinligi e’tirof etildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyion hamkorlikni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatning mavjudligi hamda mazkur yo‘nalishdagi munosabatlarni kuchaytirishga o‘zaro qiziqishning borligi qayd etildi.
Uchrashuvda Yaponiyaga bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi tashriflarga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Rejalashtirilgan uchrashuvlar O‘zbekiston – Yaponiya muloqotini faollashtirishga xizmat qilishiga va ikki tomonlama munosabatlarning butun kompleksiga yangi turtki berishiga ishonch bildirildi.


Anvar Ilyasov olgan surat