XVIII Madaniy an'analar va milliy taomlar festivali

XVIII Madaniy an'analar va milliy taomlar festivali

Maqola sanasi:02 Avgust 2022

    2022-yil 24-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusiga xizmat ko’rsatish byurosi diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar ishtirokida an’anaviy XVIII Madaniy an’analar va milliy taomlar festivalini o‘tkazmoqda. 
 Festivaldan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi nufuzini oshirish, diplomatik vakolatxonalar xodimlarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularning norasmiy, doʻstona muloqot qilishlari uchun sharoit yaratish, dunyoning turli mamlakatlari madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini yaratishdan iborat. Bundan tashqari, respublika mehribonlik uylariga xayriya yordami ko‘rsatish, shuningdek, “Muruvvat” nogiron bolalar maktab-internatlariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish.