O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining buyrug‘i bilan 2023 yil 27 fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi boshlig‘i etib tayinlandi.
U 20 yildan ortiq vaqt davomida davlat xizmatida turli yuqori lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligida, shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tizimida yuqori lavozimlarda ishlagan.
Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi boshlig‘i lavozimiga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Ijroiya apparati rahbari lavozimida ishlagan.
Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti (bakalavriat va magistratura), shuningdek Koreya universiteti (magistratura) bitiruvchisi.
Ingliz tilini mukammal biladi.