Rahbariyat

Rahbariyat

Maqola sanasi:28 Fevral 2023

 

EGAMBERDIYEV OYBEK XUDAYOROVICH

Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi boshlig`i

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining buyrug‘i bilan 2023 yil 27 fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi boshlig‘i etib tayinlandi.

U 20 yildan ortiq vaqt davomida davlat xizmatida turli yuqori lavozimlarida ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligida, shuningdek Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tizimida yuqori lavozimlarda ishlagan.

Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi boshlig‘i lavozimiga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Ijroiya apparati rahbari lavozimida ishlagan.

Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti (bakalavriat va magistratura), shuningdek Koreya universiteti (magistratura) bitiruvchisi. Ingliz tilini mukammal biladi.

 

 

 

 


 

HAMDAMOV UTKIRBEK MARATOVICH

 

Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi boshlig'i o'rinbosari 

 

1979 yilning 29 avgustida Buxoro viloyatida tug'ilgan.

2002 yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi - iqtisodchi 

2002-2003 yy. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Dipxorijxizmat ” boshqarmasi Protokol-servis bo'limining diplomatik vakolatxonalarni ta'minlash sho''basi 1-toifali mutaxassisi 

2003-2004 yy. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Dipxorijxizmat ” boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va marketing bo'limi 1-toifali mutaxassisi 

2004-2006 yy. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Dipxorijxizmat ” boshqarmasi Axborot tahlil markazining muvofiqlashtirish va strategiya bo'limi etakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi 

2006-2007 yy. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Dipxorijxizmat ” boshqarmasi Ko'chmas mulk va binolardan foydalanish bo'limi mudiri 

2007-2008 yy. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Dipxorijxizmat ” boshqarmasi “Ko'chmas mulk bilan ishlash direktsiyasi” ShKning Ko'chmas mulk va binolardan foydalanish bo'limi mudiri 

2008-2018yy. - O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Dipxorijxizmat ” boshqarmasi “Ko'chmas mulk bilan ishlash direktsiyasi” DUK direktori 

2018 - h/q - O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi "Dipxorijxizmat" boshqarma boshlig'i o'rinbosari 

 

Oilali, to'rt farzandning otasi

 

 

O'R TIV «Dipxorijxizmat» boshqarmasi rahbariyati tomonidan jismoniy va  yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish jadvali
 
Boshqarma boshlig'i:
                                      Seshanba 16.30 dan 17.30 gacha
                                      Payshanba 16.30 dan 17.30 gacha
 
Boshqarma boshlig'i
o'rinbosari:
                                      Dushanba 17.00 dan 18.00 gacha
                                      Chorshanba 17.00 dan 18.00 gacha