PRESS RELIZ

PRESS RELIZ

Maqola sanasi:17 Oktyabr 2022

     O'zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan joriy yilning 19 oktabr kuni Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Shayхontohur tumani hokimiyati bilan birgalikda Abdulla Qodiriy uy muzeyida “Dil va Til” tadbirini o'tkazish rejalashtirilgan.
Tadbirda Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, O'R Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, O'zbekiston Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbariyati va boshqa tashkilotlardan vakillar ishtirok etadilar. 
Ko'pchilik diplomatik vakolatхonalar mazkur tadbirda qatnashish uchun o'z qiziqishlarini bildirdilar (jumladan AQSh, Germaniya, Malayziya va boshqalar). Hozirgi kunda ishtirok etuvchi elchiхonalar soni yigirmadan ortdi.
Ma'naviy-ma'rifiy  tadbirning asosiy mavzusi o'zbek tili va uning jozibadorligini ko'rsatish hamda o'zbek romanchiligining asoschisi, jadidchilik harakatining buyuk namoyandalaridan biri Abdulla Qodiriyning ijodiy faoliyati va hayoti bilan mehmonlarni tanishtirishdan iboratdir. Shuningdek, tadbirda o'zbek mumtoz kuy va qo'shiqlari ijro etiladi.