O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi to‘g‘risida

O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi to‘g‘risida

Maqola sanasi:06 Avgust 2019


Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov amaliy tashrif bilan Turkiyada bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida 2019-yil 5-avgust kuni Anqara shahrida ikki davlat TIV rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, tashqi siyosat idoralari rahbari raisligida bugun o‘z ishini boshlaydigan Strategik rejalashtirish guruhining birinchi yig‘ilishi kun tartibi yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur guruhga 2018-yil Toshkent shahrida O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari tomonidan asos solingan.

Tashrif dasturiga muvofiq Abdulaziz Kamilov ikki mamlakat TIV rahbarlari raisligida bo‘lib o‘tadigan Strategik rejalashtirish guruhining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi, Turkiya elchilarining o‘n birinchi yillik konferensiyasida nutq so‘zlaydi hamda Turkiyaning yuqori mansabdor vakillari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi.

www.mfa.uz