O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YXHT hamkorlarini “Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik borasidagi Samarqand tashabbusi”ni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri YXHT hamkorlarini “Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik borasidagi Samarqand tashabbusi”ni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Maqola sanasi:02 Dekabr 2022

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov YXHT Vazirlar kengashining navbatdagi yig‘ilishidagizlagan nutqida tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni bildirdi.

YXHT qiyin kunlarni boshidan kechirayotgani, ishtirokchi davlatlar o‘rtasidagi ishonch darajasi pasaygani, ziddiyatli vaziyatlar tez-tez uchrayotgani ta’kidlandi.

Bunday sharoitda geosiyosiy raqobat va mafkuraviy qarama-qarshiliklardan xoli muloqot, shuningdek, ishtirokchi-davlatlar duch kelayotgan barcha murakkab muammolarning yechimlarini birgalikda izlash nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega va bu YXHT kun tartibining asosi bo‘lib qolishi kerak.

Shu nuqtayi nazardan, V.Norov yig‘ilish ishtirokchilari e’tiborini O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik borasidagi Samarqand tashabbusi”ning dolzarbligiga qaratdi. Ushbu tashabbuas dunyo davlatlari va xalqlarining madaniy, millatlararo, dinlararo o'zaro munosabatlarni rivojlantirish orqali mavjud qarama-qarshilik va kelishmovchiliklarni yumshatish maqsadida sa’y-harakatlari birlashtirishga qaratilgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri YXHT doriasidagi hamkorlarini ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

https://mfa.uz/32898