O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT TIVK majlisida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHT TIVK majlisida ishtirok etdi

Maqola sanasi:22 May 2019

2019-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ShHT Bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori ishtirokida Bishkek shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlarining bo‘lajak majlisiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildilar.

Vazirlar majlis kun tartibi, Sammitda imzolanishi kutilayotgan hujjatlar, jumladan a’zo davlatlar rahbarlarining Bishkek deklaratsiyasi loyihalarini ko‘rib chiqdilar, ShHT Bosh kotibining Kotibiyatning o‘tgan yil davomidagi faoliyati to‘grisdagi hisobotini tingladilar.

Majlis doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

22-may kuni TIVKda ishtirok etayotgan delegatsiya rahbarlari ShHTga raislik qilayotgan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov tomonidan qabul qilindi.

 

www.mfa.uz