- Ru
- En
- Uz
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga хizmat ko‘rsatish byurosida 2023-yil 25-mart kuni “Navro‘z – yosharish va yangilanish bayrami” – mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda taniqli shoira “Shuhrat” medali sohibasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Farog‘at Xudayqulova ishtirok etdi.
Farog‘at Xudoyqulova noyob iste'dodi va betakror ijodi hamda ma'naviyat bo‘stonidagi jo‘shqin faoliyati bilan o‘zi tahsil olgan maskan – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetining faхriga aylangan ajoyib shoira! Ayni paytda u O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy targ‘ibot va tadbirlarni uyushtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Shoiraning “Kuy dilim, suygulim”, “Aytolmagan so‘zlarim”, “Oydinlik”, “Qoyatoshim”, “Muhabbatga ko‘m dilni” kabi she'riy kitoblari allaqachon muхlislar qalbidan joy olgan. Shoiraning oxirgi she’rilaridan biri “BAXTIYOR DIL BILAN KELDI, NAVRO'ZIM” deb nomlanadi.
Ustoz adabiyotshunos olimlardan birining ta’biri bilan aytganda, she’r yozilganda emas, shoir yuragidan tuglganda she'r – deyiladi, taniqli shoira Farog‘at Xudoyqulovaning she'rlari ham ana shunday yurakdan tug‘ilgan ijod namunasi hisoblanadi.
Davra suhbati davomida shoira o‘z hayot yo‘li haqida gapirib, ijod namunalaridan o‘qib eshittirdi va yaqin kunlar ichida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi fondidan 20ga yaqin adabiy kitoblar hamda o‘zinig yangi yaratilgan she’riy to‘plamlari kitobidan Byuroning “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasi uchun sovg‘a qilishini aytdi. Albatta, bunday tantilik faqat bag‘ri keng o‘zbek farzandiga xos fazilatdir.
Tadbir so‘ngida Byuro rahbari o‘rinbosari O‘tkir Hamdamov shoira Farog‘at Xudoyqulovaga mazmunli suhbati va berilajak kitoblar sovg‘asi uchun Byuro jamoasi nomidan o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
O‘tkazilgan tadbir qiziqarli va mazmunli suhbatlarga boy bo‘lganligi bilan хodimlar ongida katta taassurot qoldirdi.