M.Ulug’bek nomli Toshkent xalqaro maktabi

M.Ulug’bek nomli Toshkent xalqaro maktabi

Maqola sanasi:24 Aprel 2017
O’zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o`tgan Diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalar hodimlarining farzandlari o`qishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida, O`R VMning 1995 yil 21 avgustdagi 328-sonli qarori bilan shu yilning sentayabr oyida M.Ulug’bek nomidagi Toshkent xalqaro maktabi tashkil etildi. 2012 yildan buyon Ulug’bek nomli xalqaro maktab Londondagi (Buyuk Britaniya) Yevropa va xalqaro maktablar uyushmasining– ECIS a’zosi hisoblanadi.  O’qitish ishlari  ingliz tilida Xalqaro va Dunyo maktablari Yevropa Assotsiatsiyasi va Angliya Xalq ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan britaniya xalqaro ta’lim uslubida amalga oshiriladi. Maktabdagi o’quv-tarbiya ishlari Jahon ta’lim standartlari va Davlat ta’lim standartlariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda o`quv rejasi asosida olib boriladi.
Maktab ikkita alohida binoda joylashgan. O’quvchilarning o’qishi uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilgan bo`lib, sport va majlis zallari mavjud. O`quv jarayonida eng zamonaviy kompyuter texnologiyalari va o`quv qurollari qo’llaniladi.
Maqola sanasi:24 Aprel 2017

Manzil: 100100 Toshkent, Yakkasaroy tumani, Sh.Abdullayev ko’chasi, 3-A
Telefon:  (+99871) 253 08 92, 253 32 11
Faks: (+99871) 280 56 81

Web: www.tuis.uz
e-mail: primar@tasulu.uzsecondary@tasulu.uz