- Ru
- En
- Uz
“O‘zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi
21-oktabr 2022 y.
Abdulla Qodiriy uy-muzeyida o‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi xamda Shayxontohur tumani hokimiyati hamkor- ligida “Dil va til’ nomli ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma'naviyat va davlat tilini rivojlan- tirish masalalari departamenti, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbariyati va boshqa nufuzli tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi.
Ushbu tadbirning Abdulla Qodiriy uy-muzeyida o‘tkazilishida ramziy mazmun mujassam, - dedi Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari, Minhojiddin Mirzo. O‘z asarlari orqali o‘zbek tilining go‘zalligi va boyligini dunyoga namoyon qilishda ulug‘ adibimizning xizmati katta.
Tadbirda Germaniya, Xitoy, Hindiston, Eron, Quvayt, Ozarbayjon, Afg‘oniston kabi davlatlar elchixonalarining vakillari so‘zga chiqib, o‘zbek tilining dunyodagi o‘rni va mavqei, shuningdek, buyuk adib Abdulla Qodiriy asarlari haqida qiziqarli fikrlarni bayon ztishdi. Mehmonlarning o‘zbekcha she'r o‘qishga harakat qilishi to‘planganlarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi. Afgoniston elchixonasi vakili Axmad Xolid Elmiyning o‘zbek tilida o‘qigan she'ri mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston Qahramoni, xalq artisti Munojot Yo‘lchieva ijro etgan dilbar qo‘shiqlar tadbirga fayz bag‘ishladi. O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalari tomonidan Abdulla Qodiriy asarlari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Ma'ruza va muloqotlardan so‘ng qatnashchilar adib uy-muzeyi bilan tanishdilar.
Baxtiyor HAYDAROV