Konstitusiya- baхtimiz qomusi, taraqqiyot poydevori “8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” iga bag'ishlangan davra suhbati

Konstitusiya- baхtimiz qomusi, taraqqiyot poydevori “8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” iga bag'ishlangan davra suhbati

Maqola sanasi:06 Dekabr 2022
Konstitutsiyamizning qabul qilinganiga 30 yil to‘lganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga хizmat ko'rsatish byurosida 6-dekabr kuni Konstitusiya- baхtimiz qomusi, taraqqiyot poydevori “ 8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” mavzusiga davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
 
Unda Byuroning barcha xodimlari ishtirok etdilar.
 
Ushbu mavzu bo‘yicha Yuridik bo‘lim rahbari Izzatilla Sotvoldiyev ma’ruza qilib, jumladan quidagilar haqida gapirdi.
 
2022 yil 25 iyun kuni Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi «Bu mening Konstitutsiyam» portalida ikki tilda e’lon qilindi.  Loyiha Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda bir ovozdan qabul qilingan edi. 
 
Ma’lumki, Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha 46 kishidan iborat konstitutsiyaviy komissiya bir oy ichida hujjat loyihasini ishlab chiqdi. Portal orqali fuqarolar va tashkilotlardan 60 mingdan ortiq takliflar qabul qilib olindi.
 
Qonunchilik palatasining murojaatida qayd etilishicha, loyihada Konstitutsiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritilmoqda.
 
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha o‘tkaziladigan referendumga shoshilmaslik kerakligi, shuningdek «Tashabbusli budjet» loyihasi  haqida gapirdi.
 
“1 avgustgacha konstitutsiyamizga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha aholimizdan 150 mingta taklif kelib tushdi.1 avgustdan keyin ham muhokamalar davom etdi va yana ikki yarim mingta taklif kelib tushdi. Hozir takliflar ustida komissiya ishlayapti. Endi ham bo‘lsa mukammal, xalqchil, odamlarning dardiga kafolat bo‘la oladigan konstitutsiyani yaratish uchun, mening taklifim shuki, shoshilmaslik kerak», degan Shavkat Mirziyoyev”.
 
Konstitutsiyaviy loyihaga 3ta yangi norma kiritilishi nazarda tutilmoqda.
 
Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyevning ma’lum qilishicha, kelib tushgan takliflar asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 26-, 41-moddalariga yangi normalar hamda yangi 37-1-moddani kiritish nazarda tutilmoqda.
 
Xususan, Konstitutsiyaning 26-moddasiga ushbu qism qo‘shilishi ko‘rib chiqilmoqda:
 
«Shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas».
 
Shuningdek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga yangi 37-1-moddasi kiritilmoqda, unda:«Davlat fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash uchun ularning kasbiy tayyorgarligi hamda qayta tayyorlanishini tashkil etadi va rag‘batlantiradi».
 
Amaldagi 41-moddaga esa quyidagicha qo‘shimcha kiritilishi mumkin:
 
«Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining rivojlantirilishini ta’minlaydi».
 
Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasini yakunlangan. Loyiha referendumga chiqarilishi kutilmoqda deb,- o‘z ma’ruzasini yakunladi.
 
Ma’ruzachi tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollariga to’liq va atroflicha javob qaytardi.
 
Tadbirdan barcha birday qoniqdi.