O 'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi qoshidagi diplomatik korpusga xizmat ko'rsatish byurosi 2023-yil 16-sentabrda "Bunyodkor" futbol klubi stadionida O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalar jamoalari o'rtasida II-diplomatik sport o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Diplomatik sport o'yinlari diplomatik vakolatxonalar xodimlarining mamlakatimizda bo'lishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish va sportga qiziqishni oshirish, mamlakatlar o'rtasidagi do'stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi.