Qarorga muvofiq, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Oliy diplomatiya maktabi negizida Diplomatik akademiya tashkil etiladi.
Diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni o‘qitish tartibi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilab qo‘yilgan.
Ushbu Nizom mazkur akademiyada o‘qitishni tashkil etish va ta’lim sifatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Akademiyaga Tashqi ishlar vazirligi buyurtmasiga asosan quyidagi lavozimlarga tayinlash maqsadida kadrlar zaxirasiga tanlangan shaxslar (nomzodlar) malaka oshirish uchun yuboriladi:
O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili;
Bosh konsul, konsul;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalardagi maslahatchi-vakili, maslahatchisi (shu jumladan, savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha), birinchi kotibi, ikkinchi kotibi, uchinchi kotibi, attashesi.
O‘quv kurslari an’anaviy va masofaviy shakllarda tashkil etiladi.