“DIP-NIHOL” Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi

“DIP-NIHOL” Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi

Maqola sanasi:24 Aprel 2017

“ Dip-Nihol” bolalar bog’chasi ta’lim-tarbiya va sog’lomlashtirish muassasasi hisoblanib, asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
1.Bolaning aqliy, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta`minlash;
2. Tarbiyalanuvchining shaxs asosini, uning bilimga qiziqishini shakllantirish, madaniy-etik ehtiyojini, dastlabki mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, uning salomatligini mustahkamlash;
3. Umuminsoniy qadriyatlarni, ijobiy tajriba va milliy urf-odatlarni hisobga olgan holda har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish
4. Bolalarga maktabda ta`lim olishni o`rgatish
Tarbiya jarayoni o’zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Katta e’tibor ingliz tiliga beriladi. Kichik yoshdan ingliz tili guruhlari tuzilgan bo’lib, unda ingliz tili bo’yicha mutaxassislar ishlaydi. 
Mashg’ulotlar mul’timediya texnologiyalarini qo’llagan holda o’tkaziladi.
Har bir guruhda texnik jihozlar mavjud: televizor, DVD, sterio va audio apparatlari, kompyuter, proyektor,ekran.
Sog’lomlashtirish-profilaktika tadbirlariga katta e’tibor qaratilgan (silov, fizioterapiya, fitobar va b.) sport va musiqa zallari mavjud.
Bog’chada ingliz tilida so’zlashuv klubi, yengil atletika, shaxmat, gimnastika va raqsto’garaklari mavjud.
“DIP-NIHOL” davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga tegishli ma’lumotlar

    

Maqola sanasi:24 Aprel 2017

Manzil: Shayxontohur tumani, M-27, Bog’ ko’chasi.
Telefon:  242-09-25, 242-07-50
e-maildip-nihol@freemail.uz