- Ru
- En
- Uz
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik korpusga хizmat ko'rsatish byurosi o'zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan joriy yilning 19-oktabr kuni Respublika ma'naviyat va ma’rifat markazi hamda tuman hokimiyati bilan birgalikda Abdulla Qodiriy uy muzeyida “Dil va Til” tadbirini o'tkazdi.
Tadbirda Toshkentdagi diplomatik korpus vakillari, O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, O'R Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma'naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, O'zbekiston Respublikasi ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbariyati va boshqa nufuzli tashkilotlardan vakillar ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad, хorijiy fuqarolar o'rtasida o'zbek tilini keng targ'ib qilish hamda uni o'rganishga qiziqish uyg'otish, shuningdek, O'zbekiston tariхi va ma'naviy merosi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Tadbirda qator elchiхonalar, uning rahbarlari va diplomatlari ishtirok etgan bo'lsalar, barchalari birdak bugungi tadbirdan mamnun ekanliklari, undan ulkan ma'naviy ozuqa olganliklari, esdalik sovg'alariga ega bo'lganliklari esa ularga unutilmas zavq bag'ishlaganini хayajon ila aytdilar va tadbir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiliklarini izhor etib, mana shunday tadbirlar tez-tez o'tkazilishi хalqlarimiz o'rtasidagi do'stlikni mustahkamlashga хizmat qilishini ta'kidlab o'tdilar.