Boshqarma tarixi

Boshqarma tarixi

Maqola sanasi:06 Aprel 2017

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko'rsatish boshqarmasining tashkil topishi tarixi

 

Diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalar va ular xodimlarini O'zbekistonda bo'lish sharoitlarini tubdan o'zgartirish maqsadida, O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988 yil 1 noyabrdagi 325-sonli qaroriga binoan Toshkentdagi diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalarga xizmat ko'rsatuvchi xo'jalik hisobidagi boshqarma (TashUDK) tashkil etilgan.

1992 yil uning nomi O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko'rsatish boshqarmasi deb o'zgartirildi. 
1993 yil O'zbekiston Respublikasi VMning “O'zbekiston Respublikasidagi diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalarning faoliyat ko'rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida” dagi 247-sonli qaroriga muvofiq “Dipxorijxizmat” boshqarmasi Diplomatik va ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalarga xizmat ko'rsatuvchi yagona buyurtmachi sifatida belgilanib, unga O'zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko'rsatuvchi tashkilot va korxonalarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatilgan.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko'rsatish boshqarmasi O'zbekiston Respublikasidagi diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalarning faoliyat ko'rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga xizmat ko'rsatishni yanada takomillashtirish, respublikada bo'lishlarini tashkil etish bilan bog'liq masalalarni sifatli hal etish maqsadida tashkil etilgan.
Дипломатик ваколатхоналарга хизмат кўрсатиш бошқармасининг бош вазифаси, биринчи навбатда, хорижий давлатлар ва халқаро ташкилотлар дипломатик ваколатхоналарини жойлаштириш ва уларга хизмат кўрсатиш каби Ўзбекистоннинг халқаро мажбуриятларида кўзда тутилган ишларни бажариш ҳисобланади.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko'rsatish boshqarmasi O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarga er maydonlari va binolarni ijaraga berish va o'z mulki sifatida sotib olish, shuningdek ofis va turar joy binolarini qurish, ko'chmas mulklardan foydalanish hamda ular murojaatlariga ko'ra ko'chmas mulk ob'ektlarini ijaraga berish kabi xizmatlarni amalga oshiradi.
Boshqarma faoliyatining eng muhim vazifalaridan biri protokol-servis xizmatini ko'rsatish hisoblanadi. Bu birinchi navbatda “Toshkent” aeroprtida “VIP” zali orqali kuzatish va kutib olishni tashkillashtirish, viza yordamini ko'rsatish, hamda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Chiqish-kirish va fuqarolik boshqarmasi orqali viza muddatlarin uzaytirish. Bundan tashqari, O'R TIV “Dipxorijxizmat” boshqarmasi mahalliy reyslar va MDH reyslari uchun avia chiptalar sotadi, xalqaro reyslarga bron qilish va chiptalar sotib olishda yordam ko'rsatadi. Ichki ishlar vazirligida muhr va shtamplar tayyorlash uchun ruxsatnomalar olishga ko'maklashadi.
“Dipxorijxizmat” boshqarmasi O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlarga radio-elektromagnit stantsiyalarini sotib olish, o'rnatish uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishga, olib kirish va ulardan foydalanish, foydalanish ruxsatnomasini uzaytirish va qayta ro'xatlashda yordam ko'rsatadi.
Diplomatik vakolatxonalar va xorijiy firma hamda kompaniyalar Boshqarma orqali bojxona xizmati bilan bog'liq muammolarini ham hal etadilar, ya'ni kelayotgan, jo'natilayotgan va tranzit yuklarni deklartsiya qilish, bojxona omborida yuklarni saqlash, shuningdek yuklarni bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha maslahatlar olish.
Boshqarmada chet el vakolatxonalari xodimlarini ro'yxatga olish bo'limi tashkil etilgan bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini diplomatik vakolatxonalarga ishga rasmiylashtirishni amalga oshiradi, ishga qabul qilinganlik va ishdan bo'shatilganlik to'g'risidagi tegishli buyruqlarni chiqaradi, ularning mehnat daftarchalariga tegishli yozuvlarni kiritadi.
“Dipxorijxizmat” boshqarmasi diplomatik vakolatxonalarga tegishli avtotransport vositalarini ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq masalalarni tezkorlik bilan hal etadi, bular nafaqat ro'yxatdan o'tkazish, balki avtoulovlarga davlat raqamlarini berish, haydovchilik guvohnomalarining ekvivalenti, avtoulovlarni texnik ko'rikdan o'tkazish kabi masalalarda ham huddi shunday tezkorlikda yordam ko'rsatadi.
Bundan tashqari, Boshqarmaga qo'shimcha vazifa yuklatilgan bo'lib, bu diplomatik vakolatxonalar binolari va elchilar qarorgohlari xavfsizligini ta'minlash, Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalarning talabnomalariga ko'ra diplomatik pochtalarni olish va jo'natishda yordam ko'rsatishdan iboratdir.
“Dipxorijxizmat” o'zining keng ko'lamdagi xo'jalik faoliyati bilan bir qatorda, diplomatik korpus vakillarining bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, shuningdek ular farzandlarini maktabgacha va maktab muassasalariga joylashtirish kabi masalalarni hal etishga ham juddiy e'tibor qaratadi.
 Boshqarma rahbarligi ostida diplomatik korpus orasida xar yili o'tkaziladigan shaxmat va mini-futbol turnirlari, O'zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik va ularga tenglashtirilgan xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida o'tkaziladigan madaniy an'analar va milliy taomlar festivallari kabi tadbirlar diplomatik korpus orasida katta shuhrat qozongan, shuningdek, mamlakatimiz tarixiy obidalari joylashagan Buhoro, Samarqand, Xiva kabi ko'xna shaharlarimizga qilingan tanishuv sayohatlari, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
O'R TV “Dipxorijxizmat” boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish asnosida quyidagi davlat unitar korxonalari barpo etildi, ya'ni, “O'zdiptranssxizmat”, Ambassador“, “Ko'chmas mulk bilan ishlash direktsiyasi”, “Dip-Nixol” bolalar bog'chasi, Ulug'bek nomidagi Toshkent Xalqaro maktabi.
Agar Respublikamizda 1992 yil 14 ta diplomatik vakolatxona akkreditatsiyadan o'tgan bo'lib, 1993 yilning 1 yanvar holatiga ulardan boshqarma hisobi va xizmatidan 4 ta elchixona foydlangan bo'lsa, hozirgi kunga kelib ular soni – 45 ta elchixona, 50dan ziyod xalqaro tashkilotlar va 1500ta xorijiy shirkat va kompaniyalarning vakolatxonalari, shu bilan birga iqtisodiy, tibbiyot va farmatsevtika, paxtani qayta ishlab chiqarish hamda to'qimachilik sanoati, qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarish, neft-gazni qayta ishlash, telekommunikatsiya tarmoqlari, murakkab texnologik uskunalarni ishlab chiqish va amalga tadbiq etish sohasida o'z faoliyatlarini amalga oshirib kelayotgan xorijiy saromyaga ega bo'lgan tashkilot va korxonalar boshqarma xizmatidan foydalanib kelmoqda.
“Dipxorijxizmat” boshqarmasi tomonidan diplomatik korpusga yiliga 30 mingadan ziyod xizmatlar ko'rsatib kelinmoqda.
O'R TIV “Dipxorijxizmat” boshqarmasining xizmat ro'yxatida xalqaro tashkilotlardan – Yevropada xavfsizlik hamkorlik tashkiloti(OBSYe), ShXT Aksilterror mintaqaviy tizimi, Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasi, BMT vakolatxonasi va uning tarkibiy bo'linmalari bo'lmish – YuNISYeF, YuNYeSKO, Xalqaro sog'liqni saqlash tashkiloti (VOZ), shuningdek –Xalqaro bank, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki(YeBRR), Osiyo taraqqiyot banki (ABR), Xalqaro valyuta fondi (MVF) kabi xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari turadilar.