Bo‘lajak “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti majlisi to‘g‘risida

Bo‘lajak “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti majlisi to‘g‘risida

Maqola sanasi:11 Sentyabr 2018

2018-yilning 13-14-sentabr kunlari Samarqand shahrida “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqotining 5-majlisi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi tomonidan Xalqaro ishlar bo‘yicha Hindiston kengashi bilan hamkorlikda tashkillashtirilmoqda.

Hindistonning nufuzli “aql markazlari”dan tashkil topgan delegatsiyaga Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar Davlat vaziri Mobashar Javad Akbar boshchilik qiladi. Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlarining yetakchi olim va ekspertlari ham ishtirok etadilar.

Bo‘lajak forum chog‘ida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning joriy dinamikasi, barqaror taraqqiyotga qarshi qaratilgan xavf va tahdidlar bilan birgalikda kurashish, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarining Hindiston bilan siyosat, iqtisod, xavfsizlik va madaniyat sohalaridagi hamkorligini chuqurlashtirish borasidagi dolzarb taklif va tavsiyalarini ishlab chiqish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

www.mfa.uz