O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi «Diplomatic Women's & Spouses' Club» hamda "MODERN ART" xalqaro prodyuserlik markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 11 mart kuni “Registon” restoranida O‘zbekistonda akkreditasiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari va ularning oila a'zolari uchun 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar Kuni va "Navro‘z"umumxalq bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazdi.
Tadbirning asosiy maqsadi diplomatik vakolatxonalar xodimlarining bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etish, ularning norasmiy, do‘stona muloqotlari uchun sharoit yaratish, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashdan iborat.
Bayram dasturida fol'klor va estrada jamoalarining chiqishlari, O‘zbek Milliy akademik drama teatri va Muqimiy nomidagi O‘zbek musiqali drama va komediya teatri san'atkorlari ishtirokidagi "Sumalak shou" va "Kelin salom" nomli teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.