Asosiy ko’rsatkichlar haqida ma’lumot

Asosiy ko’rsatkichlar haqida ma’lumot

Maqola sanasi:24 Iyul 2017
O'R TIV “Dipxorijxizmat” boshqarmasining 2017 yil 1-yarim yillik faoliyati yakunlari shu narsani tasdiqlamoqdaki, Boshqarma tarkibiy bo'linmalari va DUK tomonidan ko'rsatayotgan xizmatlar barqaror ijobiy o'sishda. Amaliy jihatdan barcha bo'limlar va unitar korxonalar o'z oldilariga qo'yilgan moliyaviy ko'rsatkichlarni bajardilar.
“Dipxorijxizmat” boshqarmasining servis xizmatida -1215 ta xorijiy vakolatxonalar ro'yxatda turadi, Juladan: - 45 tasi elchixonalar, -8 tasi faxriy konsulxonalar, -35 tasi xalqaro, hukumatlararo va hukumat tashkilotlari, 534 tasi chet el shirkati va kompaniyalari, 351 tasi xorijiy korxona, 183 tasi qo'shma korxona va x.k.
Diplomatik va ularga tenglashtirilgan chet el vakolatxonalarining mamlakatimizda bo'lish sharoitlarini takomillashtirish, Boshqarma imkoniyatlari orqali O'zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, turistik va madaniy aloqalarini yanada kengaytirish, respublika iqtisodiyotiga xorijiy valyutalarni jalb qilish maqsadida, Boshqarma rahbariyati tomonidan bir qator chet el mamlakatlarining Favqulodda va Muxtor elchilari bilan, jumladan: Hindiston, Turkiya, Belgiya, Italiya, Slovakiya, Yevroittifoq, Buyuk Britaniya, shuningdek, Eron, XXR, Germaniya, Polsha elchixonalari maslahatchilari hamda qator xorijiy va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Farg'ona viloyati hokimiyati rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazildi.
“O'zEkpomarkaz“ hududida madaniy an'analar va milliy taomlar XV –Festivali o'tkazildi. Unda 40 dan ziyod elchixona qatnashdi. Ushbu tadbirdan tushgan -68 mln.so'mlik mablag' Toshkent shahridagi 10 ta mehribonlik uylariga tarqatildi. Boshqarma tomonidan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar xodimlari orasida uyushtirilgan XIII -shaxmat turnirida 46 komandadan 86 nafar ishtirokchi qatnashdi.