AQSh davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv

AQSh davlat kotibi yordamchisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv

Maqola sanasi:28 Noyabr 2018

2018-yilning 27-noyabr kuni Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok maqsadida Shveysariyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Jeneva shahrida AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi birinchi o‘rinbosari Elis Uells bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil maydagi AQShga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni tadbiq etish doirasida O‘zbekiston-AQSh hamkorligini rivojlantirishning amaliy jihatlari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatga oid ayrim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda o‘z ishini boshlayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya kun tartibi va ushbu davlatdagi tinchlik jarayonini boshlash yuzasidan fikr almashildi.

www.mfa.uz