“Ambassador” Davlat unitar korxonasi

“Ambassador” Davlat unitar korxonasi

Maqola sanasi:24 Aprel 2017
“Ambassador” sho’ba korxonasi o’z ichiga “Diphotel” mehmonxona majmuini oladi. Mehmonlar xizmatiga shinam va keng 3-xonali mehmoxona majmui doimo tayyor. Mehmonxonada 36 ta barcha qulayliklarga ega bo’lgan  komfort xonalar mavjud, internet (simli,simsiz), TVning 30 kanallari. Appartamentga quyidagilar kiradi: mehmonxona, yotoqxona, ishlash xonasi, oshxona va katta balkon. Mehmonxonaning xizmat ko’rsatuvchi xodimlari, yuqori kasb mahoratiga ega bo’lib, mehmonlarning bu yerda bo’lishlari uchun qulaylik va shinamlik yaratadilar. 
Qo’shimcha xizmatlar: Yashovchilar uchun men’yu bo’yicha “Standart” va “Maksimum” nonushtalari, xalqaro va shaharlararo so`zlashuvlar, faks, nusxa ko’chirish apparatlari, Yo’ldosh (sputnik) televideniyalari, pochta va telegraf xizmatlari (DHL xalqaro aloqa vositasi orqali xat-habarlarni jo’natish va yetkazib berish), yuklarni saqlash, taksi chaqirtirish, kecha va kunduz qo`riqlanadigan avto to’xtash joylari, go’zallik saloni, kir yuvish xizmati, trenajorlari bor saunalar mehmonlar xizmatiga havola etiladi.


            

Maqola sanasi:24 Aprel 2017

Manzil: 100000, Toshkent sh., Osiyo ko’chasi, 6-uy.
Telefon: 237-16-55, 237-16-44, faks: 234-37-77
e-mail: ambassador@net.ddsmfa.uz