“Alisher Navoiy siymosi - mangu barhayot” va “Zahiriddin Muhammad Bobur - yor va diyor kuychisi” mavzuslarida ma'rifat soati.

“Alisher Navoiy siymosi - mangu barhayot” va “Zahiriddin Muhammad Bobur - yor va diyor kuychisi” mavzuslarida ma'rifat soati.

Maqola sanasi:17 Fevral 2023

     Bugun, 2023 yil 17 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Diplomatik vakolatхonalarga хizmat ko'rsatish byurosida “Alisher Navoiy siymosi - mangu barhayot” va “Zahiriddin Muhammad Bobur - yor va diyor kuychisi” mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi.
     Boshqarmaning ma’naviy ishlarga mas’ul xodimi D.Mukimova tadbir qatnashchilarini kun mavzusi bilan tanishtirib, uni keng yoritish uchun so'zni Tuman Ma’naviyat va ma’rifat rahbari N.Alibaevaga berdi.
     N.Alibaeva O'zbek  хalqining ulug' ma'rifatparvari, mutafakkiri va buyuk shoiri Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi bilan tanishtirib, bu buyuk insonlar ijodoy merosi, ular yaratgan asarlarnini dunyo tammadumida tutgan o‘rni haqida ma’ruza qilish uchun so‘zni Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktor o‘rinbosari, filologiya fanlari nomzodi, dotsent-Otabek Jo‘raboyevga berdi.
     U o‘z nutqida O'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir, tariхchi, geograf, davlat arbobi, iste'dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Boburning olamshumul ijodiy merosi haqida batafsil to‘xtalib, uning hayoti va ijodi bilan tadbir qatnashchilarini batafsil tanishtirdi va quyidagilarni ta’kidladi:
     Bobur o‘zbek adabiyotida o‘zining nozik lirik asarlari bilan ham mashhurdir. Uning hayoti va adabiy faoliyati Movarounnahrda siyosiy hayot nihoyat murakkablashgan feodal guruhlarning boshboshdoqlik harakatlari avjiga chiqqan va Temuriylar davlatining inqirozi davom etayotgan bir davrga to‘g‘ri kelgan edi. Bunday murakkabliklar in'ikosini «Boburnoma»da ko‘rgan bo‘lsak, shoir ruhiyatida qanday aks etgani esa, uning she'rlarida namoyon bo‘ladi. Hozirda uning 119 g‘azali, bir masnu she'ri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qit'alari, Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o'rin olganligini aytib, o‘z navbatida so‘zni hamkasbi, mazkur muzey ilmiy xodimi Abdurasul Eshonboboyevga berdi.
     U O‘zbek  хalqining ulug' ma'rifatparvari, mutafakkiri va buyuk shoiri Alisher Navoiy hayot faoliyati, muzeydagi Navoiy kitoblari, shoirning ilmiy merosi, o‘lmas asarlari haqida qiziqarli faktlar bilan tadbir qatnashchilarini tanishtib o‘tdib, jumladan shular haqida gapirdi:
     Navoiy ijodi o'zining haqiqiy    qadr-qimmatini mustaqil O'zbekistonda topdi, deya olamiz. Yurtboshimiz tashabbusi bilan 1991 yil Alisher Navoiy yili deb atalgan edi. Mamlakatimiz bu ulug' zot nomi bilan mustaqillik davriga qadam qo'ydi. Bunda o'ziga хos ramziy ma'no bor. Zero, Navoiy o'zining hayoti va faoliyatini yurt mustaqilligi va tinchligi, o'zbek tilining nash'u namosi uchun baхshida etgan edi.
Bugun Alisher Navoiy haqli suratda jahon madaniyatining mumtoz vakillari safidan o'rin oldi. Uning asarlari jahondagi yuzlab tillarga tarjima qilindi. Dunyo ahli uning merosi bilan qiziqmoqda, asarlarida tarannum etilgan olijanob g'oyalar va falsafiy mushohadalaridan zavq olmoqda. Shoir haykallari Yaponiyaning Soka universiteti hovlisida, Moskva va Boku shaharlarida qad ko‘tardi.
Ma'ruzachilar o‘z nutqlarida, ko‘tarilgan kun tartibidagi mavzuning naqadar dolzarbligini aytib o‘tdilar va bu ikki buyuk shaxslarning qoldirgan merosilari naqadar beqiyos, betakror ekanligini ta’kidladilar.